05 sen 13:35
Yangiliklar
Imavov SHon Striklendga qarshi chempionlik jangini tasdiqladi
"Men navbatdagi jangim sanasini bilaman va bu chempionlik jangi bo'ladi", — dedi franciyalik jangchi Parijdagi muxlislar bilan uchrashuvda.
Avvalroq vaziyatdan xabardor manbalar o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi rejalashtirilayotgani va u 12 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 335 turnirining markaziy voqeasi bo'lishini xabar qilgan edi. Divizionning sobiq chempioni Xamzat CHimaev ham Moskvada matbuot bilan muloqot chog'ida ushbu insaydni tasdiqladi.
SHon Striklend va Nassurdin Imavov o'rtasidagi jang revansh xarakteriga ega bo'ladi — 2023 yil yanvar oyida amerikalik jangchi franciyalik raqibini besh raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng o'z faoliyatini yana muvaffaqiyatli yo'lga solib olgan edi.

Fikrlar