So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

12 apr 08:07
Yangiliklar

Boshqalar

Immunitetni qanday oshirish kerak?

Teglar :  ImmunitetKarantin
Agar insonning immuniteti kuchli bo'lsa, u holda organizm salbiy tashqi tasirlarni engib chiqadi va odam kasal bo'lmaydi.

Inson immun tizimini bir necha organlar shakllaniradi:

Bodomsimon bez va adenoidlar;
Ayrisimon bez – timus;
Limfa tugunlari;
Taloq;
Ko'richak;
Ichakdagi Peye plastinkasi;
Suyak iligi.
Ushbu organlarning barchasida himoya hujayralari – limfocitlar yoki oq qon hujayralari to'planadi. Vujudga infekciya yoki patogen bakteriyalar, viruslar va boshqalar kirishi bilan limfocitlar antitelalar (qizil qon tanachalari) ishlab chiqara boshlaydi. Ular immunitetimiz uchun himoya qurolidir.

Agar insonning immuniteti kuchli bo'lsa, u holda organizm salbiy tashqi tasirlarni engib chiqadi va odam kasal bo'lmaydi. Qizig'i shundaki, limfocitlar «immunitet xotirasiga» ega. Bu shuni anglatadiki, agar «tanish» mikrob tanaga yana hujum qilsa, u ko'p miqdordagi antitelalar bilan uchrashadi va odam qayta kasal bo'lmaydi. Barcha emlashlar ham ushbu princip asosida ishlaydi. Ichki organlar hujayralarida joylashgan makrofaglar ham sog'ligimiz uchun himoya vazifasini o'taydi.

Immunitet tizimimizning asosiy «dushmanlari»:

– SHamollash va yuqumli kasalliklar.

– O'zini mavsumiy ravishda namoyon etadigan vitaminlar etishmasligi.

– Stress. Kuchli hissiy va ruhiy stress «zaiflik gormoni» deb ataladigan acetilxolin gormoni ishlab chiqarishni ko'paytirishi isbotlangan – bu immuni tizimimizni kasallikdan himoyasiz qoldiradi.

– Parhezlar va noto'g'ri ovqatlaish natijasida yog'lar, uglevodlar, oqsillar etishmasligi.

– Spirtli ichimliklar va sigaretlarni ko'p istemol qilish.

– Antibiotiklarni istemol qilish.

Immunitetimizni qanday kuchaytirishimiz mumkin?

Pomidor sharbatini ko'proq iching va olma eng. Ushbu oziq-ovqatlarda A va E vitaminlari mavjud – bu timus hujayralarining eng yaxshi himoyachilari (timus bezi). Ular tanada qancha ko'p bo'lsa, zararli mikroblar va viruslarga qarshi kurashish shunchalik samarali bo'ladi. SHuningdek, taloqni foydali moddalar bilan mustahkamlash kerak. CHunki u himoya tanalarini ishlab chiqaradi. Ismaloq, rezavorlar, atirgul, zaytun moyi uchun ko'proq eyavering – JSST och qoringa 2 osh qoshiq zaytun moyi ichishni tavsiya qiladi.
Ko'proq citrus mevalari va olma eng, yani S vitamini va temirga boy barcha ovqatlar.
Immunitetni mustahkamlashda rux (uning katta miqdori bug'doy koncentraciyasida mavjud) va selen (don, mol go'shti, kurka, sarimsoq, buzoq go'shti) muhim rol o'ynaydi.
Immunitetni saqlab qolish va havo yo'llarini tozalash uchun efir moylaridan foydalaning. Bazi moy turlari antibakterial va virusga qarshi tasirga ega.
Kamida 20-30 daqiqa jismoniy mashqlar qiling yoki piyoda yuring – shu vaqt ichida immunitet bilan birga yurak-qon tomir tizimi faollashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing