12 avg 22:55
Yangiliklar
Boshqalar
20 avgustdan O'zbekistonda sport zallari, fitnes klub va basseynlar ish faoliyati tiklanadi
Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Malum qilinishicha, joriy yilning 20 avgustidan boshlab, mamlakatimiz bo'ylab sport zallari, fitnes klub va basseynlar o'z ish faoliyatini qaytadan yo'lga qo'yadi.
Yig'ilishda Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo'yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo'yildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo'lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini engillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitaciya qilish markazlarini tashkil etish bo'yicha topshiriq berildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar