So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

22 apr 17:17
Yangiliklar

Boshqalar

Imtiyozga ega sportchilar uchun hujjatlarni topshirish jarayoni boshlanmoqda

Teglar :  Imtiyoz
Imtiyozga ega sportchilar uchun hujjatlarni topshirish jarayoni boshlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5924-sonli Farmoniga muvofiq Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va ParaOsiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan sportchi-o'quvchilarni oliy talim muassasalariga (tibbiyot yo'nalishidan tashqari) imtiyozli o'qishga qabul qilish bo'yicha Imtiyozga ega sportchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlanmoqda.

Unga ko'ra, g'olib va sovrindor sportchi-o'quvchilarning hujjatlari joriy yil 25 apreldan 15 mayga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida masofaviy elektron shaklda qabul qilinadi. SHuningdek, g'olib va sovrindorlarning hujjatlarini ko'rib chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tashkil etilgan bo'lib, g'olib va sovrindor sportchi-o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar joriy yilning 20 mayiga qadar Maxsus komissiyaga elektron shaklda taqdim etiladi.

G'olib va sovrindor sportchi-o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Maxsus komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, joriy yilning 15 iyuniga qadar O'zbekiston Respublikasi talim muassasalariga o'qishga qabul qilish Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Respublika va xalqaro sport musobaqalari g'oliblari va sovrindorlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati quyidagicha:

1. Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlarining imtiyozga ega sportchiga 2020/2021 o'quv yilida oliy talim muassasasiga kirish bo'yicha tavsiyanoma;

2. Imtiyozga ega sportchining Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga 2020/2021 o'quv yilida oliy talim muassasasiga kirish to'g'risida yozgan arizasi (zaxira sifatida qo'shimcha yana 2 ta oliy talim muassasasi (tibbiyot va harbiy oliy talim muassasalaridan tashqari) hamda oliy talim muassasalarining talim yo'nalishi, shifri, talim shakli va tili aniq ko'rsatilishi shart);

3. Musobaqa diplomi;

4. Musobaqa buyrug'i nusxasi;

5. Musobaqa nizomi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga to'g'ri);

6. Musobaqa bayonnomasi nusxasi (tasdiqlangan holda asliga to'g'ri);

7. Imtiyozga ega sportchining pasporti nusxasi;

8. Imtiyozga ega sportchining reyting daftarchasi nusxasi;

9. Imtiyozga ega sportchi tamomlayotgan talim muassasasidan malumotnoma;

10. 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;

11. Viloyat musobaqasi bayonnomasi nusxasi (Respublika musobaqalarida ishtirok etganlar uchun).

Qo'shimcha malumotlarni 71 kodi bilan 239-24-29 raqami orqali olishingiz mumkin. SHoshiling, imtiyozli yo'llanmalar soni cheklangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing