28 may 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA
"Humo arena"da o'tkaziladigan ertangi yulduzli prof boks oqshomi qaerda namoyish etiladi?
29 may kuni Toshkentdagi "Humo arena" inshootida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Musobaqa markaziy jangi ikkinchi eng engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev va Venesuela vakili Egli Moskeda o'rtasida kechadi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Xalokov, Otabek Xolmatov kabi o'zbek boksi yulduzlari ringga ko'tariladi.
Malum bo'lishicha, boks oqshomi "Zo'r TV" telekanali orqali translyaciya qilinadi.
Turnir 18:00 da start olishi kutilmoqda.

Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar