14 okt 12:43
Yangiliklar

Indian-Uells. Azarenko yarim finalda!
Sayyoramizning 32-raqamli tennischisi Viktoriya Azarenko Indian-Uellsda davom etayotgan musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
U chorak finalda AQSH vakilasi Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda 32 yoshli tennischi raqibasini 6:4, 6:2 hisoblarida taslim etdi.
Bu g'alaba orqali Viktoriya o'zaro bahslardagi natijani 2:2 ko'rinishiga keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar