17 mar 12:57
Yangiliklar

Indian-Uells "Masters" bosh sovrini Britaniyaga ketdi
Finalgacha dunyoning 14-raketkasi bo'lib turgan britaniyalik tennischi bosh sovrin uchun kechgan bahsda reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida borgan daniyalik Xolger Runeni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Etmish daqiqa davom etgan bahsda Rune 1, Dreyper 10 ta ey zarbasini amalga oshirgan. O'tgan yili ushbu turnirda ispaniyalik Karlos Alkaraz rossiyalik Daniil Medvedevni mag'lub etib, chempionga aylangandi. Bu yil Karlos ham, Daniil ham 1/2 finalda, mos ravishda Dreyper hamda Runega imkoniyatni boy berishdi.
Jek Dreyper muvaffaqiyatli ishtirokidan 1000 reyting ochkosi hamda 1 million 201 ming 125 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Rune esa 650 ochko va 638,750 dollarga ega chiqdi. Faoliyatidagi uchinchi ATP titulini qo'lga kiritgan Jek ilk bor "Masters"da chempioni bo'ldi.
Fikrlar