10 mar 11:45
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells turniri ham koronavirus sabab bekor qilindi
AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan nufuzli tennis turniri bekor qilindi.
Bu haqida musobaqa tashkilotchilari rasman xabar berishdi. Bunday qarorga kelinishiga koronavirus xavfi sabab bo'lgan.
"Muxlislarning xavfsizligini o'ylagan holda shunday qaror qabul qilishga majbur bo'ldik. Biz birgalikda koronavirusga qarshi kurashishimiz kerak. Bundan afsusdamiz, ammo muxlislar, tennischilar, volontyorlar va xodimlarning hayoti biz uchun hamma narsadan ustun", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar