So’nggi yangiliklar

08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0 14:16Ҳибсга олинган Дастин Порье ёрдам сўради 0 13:42Фабио Каннаваро: "Футболчилар эмас, мен хато қилдим" (тўлиқ матбуот анжумани) 0 13:21Блахович UFC’нинг янги рейтинги ҳақида: "Икки кун олдин Гусков энг кучли рақиб билан жанг қилган эди" 0 12:58Саблячи қизларимиз Осиё чемпионатининг жамоавий дастури совриндори! 0

18 may 20:41
Yangiliklar

Boshqalar

Indoneziya Parlamenti delegaciyasi bilan turizm va sport bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Teglar :  Aziz Abduhakimov
16 may kuni Bosh vazir o'rinbosari - Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov Indoneziya Parlamenti Vakillar palatasi spikeri o'rinbosari R.Gobel boshchiligidagi delegaciyani qabul qildi.

Uchrashuvda Indoneziya Parlamenti qo'mitasi raisi o'rinbosarlari, mazkur davlatning “MetroTV” telekanali, “Kumparan” va “Detik.com” axborot agentliklari bosh muharrirlari hamda Indoneziya Respublikasining O'zbekistondagi elchisi K.Sunaryo ishtirok etishdi.

Tomonlar O'zbekiston va Indoneziya davlatlari o'rtasidagi munosabatlar rivojlanishi, iqtisodiy, turizm va madaniy sohalarda olib borilayotgan hamkorlik ishlari to'g'risida fikr almashishdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston hukumati tomonidan Indoneziya fuqarolari uchun joriy qilingan vizasiz tizim, ziyorat turizmini rivojlantirish, aviaqatnovlarni diversifikaciya qilish va turizm sohasiga xorijiy investiciyalarni jalb qilish masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.

Xususan, Indoneziya fuqarolari uchun Haj va Umra ziyorati oldidan “UMRA+O'zbekiston” dasturini yo'lga qo'yish, yurtimiz aeroportlaridan imtiyozli foydalanib, charter reyslar tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil malumot berildi.

SHuningdek, Indoneziyaning birinchi prezidenti janob Sukarnoning 1956 yilda amalga oshirgan tarixiy tashrifi va Imom Buxoriy maqbarasiga ziyorati bilan bog'lab yangi marshrut yaratilganiga alohida urg'u berildi.

O'z navbatida, R.Gobel Indoneziya delegaciyasining iliq va yuqori darajada kutib olingani uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlik istiqbollarini yuqori bosqichga olib chiqishga tayyorlik uchun O'zbekiston tomoniga alohida minnatdorchilik bildirdi.

R.Gobel delegaciyasi tarkibida “MetroTV”, Detik.com hamda “Kumparan” axborot agentliklari bosh muharrirlarini taklif etilishiga asosiy sabab, Indoneziyaning mazkur etakchi OAVlari orqali O'zbekistonning turizm salohiyati, madaniy meros obektlari, ziyoratgohlari va savdo-iqtisodiy imkoniyatlarini keng yoritilishini taminlash, shu orqali ikki tomonlama hamkorlikni yuqori bosqichga olib chiqishga erishish ekanligi bildirildi.

SHuningdek, tomonlar indoneziyalik dunyoning eng kuchli badminton ustalaridan bo'lgan Tofik Xidayat va boshqa sportchilarni O'zbekistonga tashrifini tashkil etish, yoshlar uchun mahorat darslari o'tkazishni kelishib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing