So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

01 sen 02:12
Yangiliklar

Futbol

"Inside": PFLning bo'lajak bosh direktori saylov orqali aniqlanadi - nomzodlar malum

Teglar :  InsidePFL
"Olamsport" sayti "Inside" malumotlariga ko'ra, ayni paytda PFL bosh direktorligidan ketgani aytilayotgan Diyor Imomxo'jaev o'rniga keladigan tashkilot rahbari Superliga klublari tomonidan aniqlanadi.

Bu haqda saytimiz manbalari xabar qilishmoqda. Malumotlarga ko'ra, tez orada Diyor Imomxo'jaev o'rniga tashkilot yangi rahbarni saylaydi. Avval O'FA tomonidan PFL bosh direktori lavozimiga nomzod tayinlanib kelinardi. "Championat.asia" saytining 22 maydagi "Tezkor studiya" dasturida aynan shu mavzu ko'tarilgandi: "PFL rahbari tayinlanishi kerakli yoki saylash zarurmi?". https://youtu.be/tbEhITgvTyE

Oradan deyarli 3 oy o'tgach PFLga vaqtincha bosh direktor etib tayinlangan Diyor Imomxo'jaev istefo ostonasida turibdi. Rasman tasdiqlanmagan, lekin saytimizga malum bo'layotgan insayd xabarga ko'ra, O'FA rahbariyati esa endilikda PFLning bo'lajak rahbarini Superliga klublari saylashini maqullamoqda. Tez kunda mazkur jarayon bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Tasdiqlanmagan norasmiy malumotlarga ko'ra, PFL bosh direktori nomzodiga taniqli futbol mutaxassislari - Murod Aliev hamda Ulug'bek Mirzaev nomlari keltirilmoqda. SHuningdek, mazkur ro'yxat yana boshqa nomzodlar bilan to'lishi mumkin.

SHuni ham qo'shimcha qilish joizki, PFL rasmiy saytida 26 may kuni elon qilingan PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib Diyor Imomxo'jaev tayinlanganligi haqidagi xabar o'chirib yuborilgan. 

Hozircha PFL vaqtincha bosh direktor etib tayinlangan Diyor Imomxo'jaevning istefosi borasidagi xabarlarga rasman munosabat bildirgani yo'q.

Malumot uchun, taniqli futbol mutaxassis Alisher Nikimbaev ham bir necha bor chiqishlarida PFL rahbarini futbol klublari ovoz berish orqali aniqlashlari kerakligi va butun jahon amaliyotida ushbu tajribadan foydalanishlarini takidlab kelgan. Xususan, Rossiya Premer ligasida ham aynan futbol klublari liga rahbarini ovoz berish orqali aniqlashadi.

O'FA ham mazkur yo'ldan yurayotgani va PFL rahbarini klublarimiz ovoz berish orqali aniqlashlari eng maqul va to'g'ri echim bo'lishini takidlash mumkin. Zero, PFL birinchi navbatda klublar bilan ishlaydigan va ularni qiziqishlarini himoya qiladigan tashkilot.

Voqealar rivojini kuzatamiz...

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing