05 may 10:34
Yangiliklar
Futbol

“Inter” safarda “Udineze” bilan nursiz durang o'ynadi
Italiya A seriyasining 35-turida “Udineze” klubi o'z maydonida “Inter”ni qabul qildi.
Udinedagi “Dachiya Arena”da kechgan bellashuvda hisob ochilmaydi- 0:0.
Bu “Inter”ning A seriyada qatorasiga uchinchi durang qayd etgan bellashuvi bo'ldi. Ilgariroq Spaletti jamoasi “Roma” (1:1) va “Yuventus” (1:1) bilan ham murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'lgandi. “Udineze”ning g'alabasiz uchrashuvi esa beshtaga etdi. Igor Tudor boshchiligidagi jamoa avvalgi to'rtta uchrashuvning uchtasida mag'lub bo'lib, bittasidan durangga erishgandi.
Milan klubi ayni paytda 63 ochko jamg'arib A seriya turnir jadvalining uchinchi pog'onasida borayotgan bo'lsa, "Udineze" 34 ochko bilan 17-o'rinni band etgan.
Havola :
Fikrlar