So’nggi yangiliklar

18:28Шок хабар: фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв жуфтлиги ажралиши айтиляпти, спортчилар Хитой Гран-присида иштирок этмаслиги аниқ! 0 18:07Жаҳон рейтинги янгиланди: таэквондочиларимизнинг ҳолати қандай? 0 17:46АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади 0 17:23Мужибилло Турсунов WBC Гран-присидаги ғалабали юришини давом эттирди 0 16:59UFC жангчиларнинг гонорар ва бонусларини оширади 0 16:38ATFC кейинги турнирини Гулистонда ўтказади 0 16:17Иноуэ — Аҳмадалиев жанги учун чиқарилган чипталар икки соатда сотиб бўлинди 0 15:56Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифига жавоб берди 0 15:35Конор Макгрегор: "Хайр, PPV! Мен қирол эдим" 0 15:14Ўзбекистон пара каноэ терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 14:53Нурсултон Рўзибоев: "Менда ҳам тил бор" 0 14:32Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди 0 14:11"Мен овчиман, қурбон эмас" - Дю Плесси Чимаевга қарши жанг ҳақида 0 13:50Шара Буллет навбатдаги жангини қачон ўтказиши ҳақида гапирди 0 13:29Анвар Анваров Венгриядаги турнирда бронза медалини қўлга киритди 0

21 apr 12:50
Yangiliklar

Futbol

Intervyu. Eldor SHomurodov to'purar bo'lish maqsadi, penaltini nega tepmasligi va karantin haqida

"Rostov" va O'zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor SHomurodov Rossiyaning sportbox.ru saytiga intervyu berdi.

- Xo'sh, Eldor, futbolsiz qiyinmi?

- Bo'lmasamchi! Umuman boshqa kayfiyat. Hatto bunday bo'lishini hayolimga ham keltirmagandim.

- Siz "Rostov"damisiz?

- Ha, rafiqam bilan birga.


"Umid qilamanki, tez orada barchasi tugaydi"


- O'zini-o'zi yakkalash rejimiga rioya qilyapsizmi?

- Ha, uyda o'tiribmiz, faqat oziq-ovqat do'konlariga chiqyapmiz.

- SHaharda pandemiya bilan bog'liq holat qanday?

- Menimcha hamma joyda bo'lgani kabi. Faqatgina supermarketlar va dorixonalar ishlayapti, odamlar faqat o'zlarining ko'chalariga chiqishadi.

- Nima deb o'ylaysiz, bu uzoq davom etadimi?

- Umid qilamanki, yo'q. Hammasi tez orada tugaydi va hammasi yaxshi bo'ladi.

- Uyda shug'ullanyapsizmi?

- Ha, turli hil individual mashqlar bajaryapman, mushaklarga kuch bermoqdaman. Har birimizga bu bo'yicha dastur va jadval berilgan.

- Ortiqcha vazn jamg'arishdan qo'rqmaysizmi?

- Yo'q, vazn bo'yicha menda har doim hammasi yaxshi bo'lgan. Agar ortiqcha ikki kilogramm vazn to'plasam ham, undan tezda qutulaman.

- Odatdagidek ovqatlanyapsizmi?

- Ha.

- "Rostov"dagi boshqa sheriklaringiz bilan aloqadamisiz?

- Albatta. Valeriy Georgievich (Karpin) bilan ham. Agar undan nimanidir so'ramoqchi bo'lsangiz, osongina qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.


"Kino ko'ryapman, o'qiyapman va qo'shiq eshityapman"


- Siz faol ravishda PES 20 simulyatorida futbol o'ynayapsiz - hattoki RPL o'yinchilari o'rtasidagi musobaqada ham qatnashmoqdasiz...

- Bu juda qiziqarli. Hamma o'yinlar ham o'xshamayotganligi bor gap, sababi men PES 13'da o'ynashga o'rganib qolganman. Baribir, bu bilan farqi bor.

- FIFA ham o'ynaysizmi?

- Ha.

- Uzoq vaqtdan beri kibersportga qiziqasizmi?

- Ancha yillardan buyon.

- Bo'sh vaqtlarda yana nima bilan shug'ullanasiz? Ahir hozir bo'sh vaqtingiz etarli!

- Rafiqam bilan kino ko'ryapman, o'qiyapman va qo'shiq eshityapman. Menimcha, huddi hamma kabi. SHunday qilib kun o'tmoqda.



"Ovqat tayyorlash - qiziqarli"


- Sizning ota-onangiz hali ham O'zbekistonda yashashadimi?

- Ha, men tug'ilgan O'zbekistonning janubidagi Surxondaryo viloyatida.

- Ular ham karantindami?

- Albatta, u erdagi talablar bu erdagidan qattiqroq. Men ular bilan doimo aloqadaman va har kuni qo'ng'iroqlashaman.

- Qiziq, hozir uyda kim ovqat tayyorlayapti?

- Odatda xotinim, ammo men ham nimalardir tayyorlashni bilaman. Menimcha, ovqat tayyorlash - qiziqarli ish.

- Palov pishirishni bilasizmi?

- Hozircha faqat o'rganyapman. Bu ko'ringanidek oson ish emas.

- Hozir nima tayyorlay olasiz?

- So'nggi bor dimlama pishirdim. Bu qo'y go'shti bilan pishiriladigan o'zbek taomidir. Xotinimning aytishicha, yomon chiqmagan. Bundan mamnunman.

- Men uchun ham boshqa odamlar kabi o'zbek oshxonasining bosh taomi - palov. Oilangizdan kim uni eng zo'r tayyorlay oladi.

- Ko'pchilik. Odatda u ko'p odamlar yig'iladigan bayram paytlari tayyorlanadi. Masalan, tug'ilgan kunlarda.


"Rostov" - katta oila.


- Jamoangiz Rostovda norasmiy sharoitda to'planadimi? Restoranda yoki aytaylik, tabiat qo'ynida?

- Bizda yaxshi muhit bor. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va xodimlar bitta katta oiladir. Hamma jamoa to'planadigan payt bo'ladi. Masalan, kimnidir tug'ilgan kuni yoki boshqa bayramlarda.

- Mashhur Rostov qisqichbaqasini tatib ko'rdingizmi?

- Albatta.

- Yoqdimi?

- Juda. Asosan yaxshi sheriklar bilan bo'lsa. Qaerda bo'lishi muhimmas - Don qirg'oqidami yoki restoranda.

- Eldor, "Rostov"dagi eng quvnoq inson kim?

- Xoren Bayramyan deb o'ylayman. Aftidan, u hech qachon xafa bo'lmaydi. Pozitiv yigit! (kuladi)


"Ota bo'lishni va farzandlarni tarbiyalashni orzu qilaman"


- Futbolga qaytamiz. Tasavvur qiling, karantin olib tashlandi. Kerakli formani tiklash uchun qancha vaqt talab etiladi?

- O'ylaymanki, bir oy atrofida.

- Joriy mavsum oldingizga qanday vazifa qo'ygansiz?

- "Rostov"ni jadvalda imkon qadar yuqoriga ko'tarish uchun qo'ldan kelgan barchasini qilish. SHaxsiy maqsadim esa Rossiya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lish. Bu borada imkoniyatim bor deb o'ylayman.

- Yani Dzyubani to'purarlar poygasida quvib o'tishning imkoni bormi?

- Ha, albatta.

- Aytgancha, nega penalti tepmay qo'ydingiz? Bu orqali ko'p gollar urishingiz mumkin edi...

- Nima uchun? "Rostov"da penaltichilar bor, tajribali o'yinchilar - ular tepishadi.

- O'zbekiston terma jamoasida nimaga intilasiz?

- Jamoam bilan JCHga chiqishni va vaqti kelib eng yaxshi to'purar bo'lish maqsadim.



- Qaysi hujumchilarga o'xshashni xohlardingiz?

- Hech kimga. Men o'zim bo'lishni xohlayman. Agar kimningdir o'yini yoqishini aytishim kerak bo'lsa, Drogba va Fernando Torreslarni aytaman.

- O'tmishdagi o'zbekistonlik futbolchilardan kimni alohida ayta olasiz?

- Mirjalol Qosimov. U bizning afsonamiz.

- Joriy mavsumdagi eng yorqin o'yiningiz?

- Mehmonda "Spartak"ni 4:1 hisobida yutganimiz (SHomurodov bu o'yinda gol urmagan, ammo assist qayd etgan)

- Faoliyatingizdagi eng chiroyli golchi?

- Menga hali ham O'zbekiston chempionatida "Nasaf"ga urgan golim yoqadi. Mening "Bunyodkor"im o'shanda 1:0 hisobida yutgandi.

- Hayotdagi "avtoritet"ingiz kim?

- Otam. Agar u bo'lmaganida, hozirgiday bo'lmasdim. U mening tarbiyamda asosiy rolni o'ynagan.

- Yilning qaysi payti sizga yoqadi?

- Menga bahor yoqadi.

- Bahor Rossiya va O'zbekistonda farqlimi?

- Qaerda bo'lishiga qarab. Agar Rostov bilan taqqoslasak, juda ham o'xshash.

- Nimani orzu qilasiz?

- Futbolda yuqorida aytganimdek JCHda o'ynash, oilaviy rejalarda esa ota bo'lish va bolalarni tarbiyalash.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing