So’nggi yangiliklar

14:09Президент қарори билан стадионларнинг фойдаланиш мақсадларини ўзгартириш тақиқланган. Бу "Тўқимачи" стадионига тааллуқли эмасми? 0 13:42Мадримовнинг вазнидаги Себастьян Фундорага мажбрий чемпионлик ҳимояси белгиланди 0 13:17Магнус Карлсенни мағлуб этиб шунчаки ухлашга ётган 15 ёшли ўсмир! 0 12:51Нурмагомедов нима учун унинг бурчагида Махачев бўлмаслигини изоҳлади 0 12:26МЮ "Реал" футболчининг трансферига 50 миллион беришга тайёр 0 11:46Том Аспиналл UFCдан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 11:00"Конор Макгрегорга трэш-токни мен ўргатганман" - Тайсон Фьюри 0 10:12Кевин Холланд UFC`да миллионер жангчи эканлигини рад этди 0 09:44Бугун ўсмирларимиз Испанияга қарши баҳс олиб боради 0 09:18Фьюри Нганну ва Уайлдернинг зарба кучини солиштирди 0 08:53Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси тантанали кутиб олинди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:26Нурмагомедов Ядонг билан жанг олдидан ҳозирги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 07:57Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг барча иштирокчилари маълум бўлди 0 07:31Пимблетт, Холлоуэй ва Стивсон "ғалабалари сабаб" жаримага тортилди 0 19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0

21 jan 16:17
Yangiliklar

Xokkey

Intervyu. Mixail Anisin: "Ilk mavsumdayoq pley-off yo'llanmasi - "Humo" uchun yaxshi natija bo'ladi"

Teglar :  XokkeyHumoAnisin
Toshkentning "Humo" jamoasi azosi VXL matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Etiboringizga ushbu intervyuning muhim joylarini o'zbek tiliga tarjima qilgan holda taqdim etamiz. 


-"Humo" yangi klub. Jamoa ushbu mavsumda endigina debyut qilmoqda. Klubdagi tashkiliy jihatlarni qanday baholaysiz?

-Bizda barchasi joyida. Muxlislar tashrif buyurishadi, ajoyib arena bor. O'zbekistonda xokkey rivoji va ommalashuvi ketmoqda. Bu nafaqat Toshkentda, balki boshqa viloyatlarda ham ko'rinmoqda. O'yinlarga ko'plab muxlislar kelishmoqda. Ular oila azolari, farzandlari bilan birga tashrif buyurishmoqda. O'ylaymanki, bu yaqinda huddi Rossiya yoki okeanortidagi kabi ananaga aylanadi. 


-O'zbek klubi varianti qanday paydo bo'ldi? Ushbu taklifni tezda qabul qildingizmi?

-Ha, tezda qabul qildim. Sir emas, oldimda boshqa variantlar yo'q edi. Garchi, xabarlarda oldimda bir necha variantlar bo'lgani, ular haqida o'ylayotganim haqida o'qigan bo'lsamda. "Humo"dan taklif bo'ldi va uni xursandchilik bilan qabul qildim. Ishonch uchun klub rahbariyati va murabbiylar shtabidan minnatdorman. 

-"Humo"ga o'tishingizda u erda KXL orqali taniydigan yigitlarning ham borligi rol o'ynadimi?

-Albatta, buning ahamiyatli faktor edi. Hozir KXL va VXLdagi sportchilar bir-birini yaxshi bilishadi. "Humo"ning ajoyib loyiha ekanligi, rahbariyat KXLga chiqish istagida ekanligi meni qiziqtirdi. Ammo bu qay tarzda bo'lishini faqat Yaratgan biladi. 


-Jamoangiz murabbiyi xokkey olamida o'ziga yarasha mashhur inson. "Humo"ga o'tgungingizga qadar u haqida nimalar eshitgandingiz?

-Fikrimcha u haqiqiy rus erkagi, rus ayig'i. Popixin - kuchli xarakterga ega inson. Bunday hislatsiz u "Dinamo" safida Rossiyaning ikki karra chempioni bo'la olmasdi. Faoliyatimda qiyin damlar kechayotgan paytda menga yordam qo'lini cho'zgani uchun unga rahmat. Buning uchun undan minnatdorman. 


-Toshkent qadimiy va chiroyli shahar. U sizni nimasi bilan qoyil qoldirdi?

-Bizda kun ora o'yin. SHuning uchun xech qaerga chiqa olmaman. CHiqsam ham faqat kechqurun, nimalardir tamaddi qilish uchun chiqaman. Keyin esa uxlayman, chunki kelasi kuni mashg'ulotim bor. Bu xokkeychining hayoti. Aytishim mumkin bo'lgan narsa shuki, u o'z tarixiga ega bo'lgan chiroyli shahar.


-SHartnomangiz mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan. Toshkentda qolishni istarmidingiz?

-Keling oldin mavsum yakunlansin. Keyin shartnomalar haqida gaplashsak bo'ladi. 


-CHempionat o'zining yakuniy pallasiga kirib bormoqda. Jamoa kuchli sakkizlikda qolishi uchun nima kerak bo'ladi?

-Biz o'zimizga va bir-birimizga ishongan holda o'ynashimiz lozim. Ahil bo'lishimiz kerak. Toshkentlik muxlislarimizni kuchli sakkizlikka kirib, xursand qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solmoqdamiz. O'ylaymanki, ilk ishtirokdayoq pley-offga chiqish "Humo" uchun yaxshi natija bo'ladi. Bunda murabbiy Popixinning katta xizmati bo'ladi!

FOTO - Jahongir Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing