So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

24 fev 17:43
Yangiliklar

SHaxmat

Iqtidorli yosh shaxmatchilarga stipendiya beriladi

Teglar :  SHaxmat
SHaxmat bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi yosh shaxmatchilarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida stipendiya joriy etdi.

Mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan sog'lom, manan etuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga etkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga ko'rsatilayotgan ulkan etibor va g'amxo'rlik samarasida o'zbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.

Bugun yurtimiz shaxmatchilari barcha yirik sport anjumanlarida muntazam yuqori o'rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga etayotgan yosh avlod hech kimdan kam emasligi va kam bo'lmasligini amalda isbotlab kelmoqda.

Stipendiya homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan mablag'lar fondi doirasida SHaxmat bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining xalqaro va respublika musobaqalarida yaxshi natijalarga erishgan, yaxshi xulq-odobli, o'quv-mashg'ulotlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etadigan sportchi-o'quvchilariga stipendiya komissiyasi qaroriga asosan to'lanadi.

Ayni paytda komissiya qaroriga ko'ra, shaxmat bo'yicha jahon, Osiyo va mamlakat musobaqalari chempion va sovrindorlari bo'lgan 31 nafar o'quvchi oylik stipendiya sohibiga aylandi.

SHaxmat bo'yicha o'n to'rt yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasida jahon chempioni SHamsiddin Vohidov stipendiyaga munosib, deb topilgan yoshlardan.

U etti yoshidan shaxmat bilan muntazam shug'ullanadi. 2013 yili SHri-Lankada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida o'n bir yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida ikkita oltin va bitta bronza medalni qo'lga kiritgan.

2015 yil Greciyada 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar o'rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha o'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarida 150 shaxmatchi orasida tengsiz ekanini isbotlab, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi va yil yakuniga ko'ra, Osiyo shaxmat federaciyasi tomonidan "Eng yaxshi yosh shaxmatchi", deb topildi.

Yosh shaxmatchilarimiz uchun stipendiyalarning joriy etilishi yosh iqtidor egalarining xalqaro va mamlakat turnirlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritishiga, yoshlar o'rtasida shaxmatni yanada ommalashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Bayram Aytmurodov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing