25 iyu 10:49
Yangiliklar
Tennis
Irina-Kameliya Beguda 5 yillik tanaffusdan so'ng yana sovrin
Italiyaning Palermo shahrida tennis bo'yicha WTA turniri bo'lib o'tdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 45-raketkasi bo'lib turgan ruminiyalik Irina-Kameliya Begu WTA reytingida 78-pog'onadan joy olgan italiyalik Lyuchiya Broncettini ikki setda ham bir xil hisobda mag'lub etdi - 6/2, 6/2.
To'qson uch daqiqa davom etgan bahsda Begu 2 ta eys, 4 ta qo'shxato va 6 ta breyk qayd etdi. Bu tennisilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Begu bosh sovrin bilan birga 280 reyting ochkosi va 26,770 evro mukofot puliga ham ega bo'ldi. Ruminiyalik tennischi bundan avvalgi sovrinini 2017 yilda qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar