So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

21 avg 17:24
Yangiliklar

Tennis

Iroda To'laganovadan “mahorat sabog'i” FOTOGALEREYA

O'smirlar o'rtasida “Uimbldon” turniri va AQSH Ochiq chempionati g'olibasi, Osiyo o'yinlari chempioni hamda Butunjahon o'smirlar o'yinlarining bronza medali sovrindori, ayni paytda O'zbekiston tennis federaciyasining bosh kotibi vazifasida faoliyat yuritayotgan Iroda To'laganova Xorazmda mehmon bo'ldi.

Xususan, mamlakatimizning taniqli tennis ustasi Urganch shahrida Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan BO'SM tarbiyalanuvchilari uchun “Mahorat saboqlari”(“Master klass”)ni ham o'tkazdi. 

Mashg'ulot avvalida Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov so'zga chiqib, O'zbekiston tennis federaciyasi tomonidan uyushtirilayotgan bunday mahorat saboqlari foydadan holi bo'lmasligini, bu xorazmlik sportchilarni ulkan marralar sari etaklashini takidlab o'tdi. Buning uchun minnatdorlik bildirdi.

Mubolag'a emas, yurtimizning sevimli tennischisi ishtirokidagi “Mahorat saboqlari”   xorazmlik yoshlarga olam-olam quvonch, unutilmas daqiqalarni ulashdi, endigina tennis olamiga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarning ham tennisga bo'lgan havas va intilishini  oshirdi. Ayniqsa, Iroda To'laganova darsning turli mashqlardan iborat interaktiv o'yinlar orqali olib borgani nafaqat yosh tennischilarda, ularning ota-onalarida ham katta taassurotlar qoldirdi. Aynan, bu holat yoshlarning tennisga oid bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Tadbirning ahamiyatli jihati yana shunda bo'ldiki, unda elimizda nom qozongan mohir tennis ustalari Farrux Do'stov va Sarvar Ikromov va boshqalar  Iroda To'laganova bilan yonma-yon turib, yoshlarga saboq berishdi. Tadbir yakunida yosh tennischilar sovg'alar taqdirlanishdi.

Qolaversa, mashg'ulotlar  xorazmlik yoshlarni  sportning ushbu turiga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqini yanada kuchaytirdi, ezgu maqsadlar sari etakladi. Zero, taniqli tennischilar bilan bir kortda o'ynash, ulardan saboq olish yosh tennischilarga katta zavq bag'ishlagani rost.

Kezi kelganda takidlash lozimki, O'zbekiston tennis federaciyasining bosh kotibi Iroda To'laganovaning Xorazmga tashrifidan asosiy maqsad, yoshlar bilan uchrashish baraborida, viloyatda tennisning rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar va kortlar bilan yaqindan tanishish hamda kelgusida vohada respublika va xalqaro musobaqalar o'tkazish imkoniyatlarini o'rganish ham ko'zda tutilgan. 

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing