16 avg 14:47
Yangiliklar
Ishkal Kirgios 113 000 dollar jarima to'laydi
Bunga tennischining Cincinnati “Masters” turnirida o'zini tuta olmagani sabab bo'lgan.
Professional tennischilar associaciyasi (ATP) Kirgiosni rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kechgan uchrashuvda bir necha bandlar bo'yicha aybdor deb topib, umumiy 113 000 AQSH dollari miqdoridagi jarimaga tortdi.
Nima uchun jarimaga tortilgani:
- sportchilarga xos bo'lmagan xatti-harakat (ochko olib tashlandi) - 20 000 dollar
- kortni tark etish - 3 000
- Og'zaki (eshittirib) taxqirlash - 5 000
- sportchilarga xos bo'lmagan xatti-harakat - 5 000
- sportchilarga xos bo'lmagan xatti-harakat - 20 000
- Haqorat qilish - 20 000
- nosportcha o'zini tutish - 20 000
- nosportcha o'zini tutish - 20 000.
SHu tariqa, Kirgios umumiy 113 000 AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi. ATR Nikni nomalum muddatga barcha turnirlardan chetlatishi ham mumkin.
Avstraliyalik "masxaraboz"ning faoliyatidagi barcha jarimalari:
2019 Cincinnati 113 000$
2019 Rim 20 000$
2018 Kvins klab 17 500$
2018 AO 3 000$
2017 SHanxay 31 085$
2017 US Open 5 500$
2016 SHanxay 16 500$
2016 Wimbledon 8 690$
2016 Roland Garros 6 200$
2016 AO 4 370$
2015 Wimbledon 13 095$
2015 AO 4 926$
Umumiy $243.866
Fikrlar