28 okt 10:01
Yangiliklar

Islam Maxachev Kamaru Usman bilan jang haqida gapirdi
Dog'istonlik yulduz yarimo'rta vazn chempioni bilan jangga ko'z tikkan.
Engil vazn toifasi reytingining 5-o'rindagi jangchisi Islam Maxachev uchta vazn toifasidagi chempionlik uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.
"O'zimni yarimo'rta vazn toifasida sinab ko'rishim mumkin. Usman haqida hech qanday yomon so'z ayta olmayman. U yaxshi yigit - biz ko'rishib turamiz, gaplashamiz. Bilaman, bu juda katta to'qnashuv bo'ladi. Hozir bu vaznda u qadar yorqin qarama-qarshiliklar yo'q", - dedi Islam Maxachev.
Havola :
Manba : Fighttime.ru
Fikrlar