07 iyu 12:45
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov 57 daqiqada chorak final masalasini hal qildi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Namangan shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
“Do'stlik” kortlari mezbonlik qilayotgan musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Turnirning beshinchi raketkasi bo'lgan Temur Ismoilov chorak final chiptasini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik raqibi Artur SHaxnubaryanni 6:3, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 57 daqiqa davom etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar