30 may 14:50
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Andijon “Fyuchersi”ni g'alaba bilan boshladi
Xabar berganimizdek, Andijon shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Turnirning beshinchi raqamli ishtirokchisi sifatida harakat qilayotgan hamyurtimiz ilk davra uchrashuvida g'alabaga erishdi. U qozog'istonlik Temur Xabibulinni 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Ismoilovning ikkinchi davradagi raqibi rossiyalik Roman Bloxin bo'ladi. Bu tennischi bugun birinchi bosqichda hamyurtimiz Aziz Dadaboevni 7:5, 6:0 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar