01 iyu 16:10
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Andijonda chorak finalda to'xtadi
Andijonda erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Avvalroq, Sanjar Fayziev chorak finalda g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini naqd qilganligi haqida xabar bergandik.
Temur Ismoilov esa yarim finalga chiqish uchun Belorus vakili Dmitriy Jirmontga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 46 daqiqa davom etgan o'yinda vakilimiz 6:3, 1:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Beloruslik sportchi yarim finalda boshqa bir tennischimiz Sanjar Fayzievga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar