26 dek 08:25
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov bu hafta ham Tailanddagi turnirda, ilk raqib malum
Istedodli tennischimiz Temur Ismoilov Tailandning Xuaxin shahri mezbonlik qilayotgan turnirda o'z omadini sinovdan o'tkazadi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollari tashkil qiluvchi “Fyuchers” turkumidagi mazkur musobaqada oltinchi raqam ostida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra terma jamoamiz azosi ilk davrada xitoylik Fajing Sunga qarshi kortga chiqadi. Ismoilov dunyo reytingida 414, uning raqibi esa 618-o'rinni egallab turibdi.
Xuaxin turnirining saralash bahslarida ishtirok etgan tennischilarimiz – SHarobiddin Abzalov, Pavel Coy va SHonig'matjon SHofayziev so'nggi final uchrashuvida mag'lubiyatga uchrab, asosiy to'rga chiqa olishmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar