03 iyu 14:06
Yangiliklar

Ismoilov bugun final chiptasi uchun kortga chiqadi
Kecha o'tkazilgan chorak final bahslaridan so'ng bosh mukofot uchun kortga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi.
Turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan Temur Ismoilov chorak final uchrashuvida rossiyalik Vitaliy Kozyukovni 7:6(2), 6:2 hisobida mag'lub etdi. Bugun u final ostonasida yana bir rossiyalik raketka ustasi Markos Kalovelonisga qarshi kortga chiqadi.
Kalovelonis turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilayotgan bo'lib, chorak finalda hamyurti Evgeniy Karlovskiyni 7:6(6), 7:5 hisobida taslim etdi. Saralash bahslari orqali asosiy davraga etib kelgan hamyurtimiz Sergey Fomin esa chorak finalda turnirning sakkizinchi raketkasi indoneziyalik Kristofer Ringkatga 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar