21 mar 13:55
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov bugun Irakliondagi ishtirokini boshlaydi
Bugun tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Temur Ismoilov Greciyaning Iraklion shahrida start olgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz 10th Lyttos Beach ITF Pro Circuit turnirida oltinchi raqam ostida tasniflangan.
Ismoilov bugun yakkalikning ilk davrasida Kilan Oakleyga qarshi kortga chiqadi. Britaniyalik bu tennischi asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar