09 noy 08:50
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Estoniyadagi turnirda 185 daqiqalik o'yin o'tkazdi
Istedodli tennischimiz Temur Ismoilov Estoniya poytaxti Tallin shahrida tashkil etilayotgan “Fyuchers” turnirida bahslarga kirishdi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi III Paf Open 2016 turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan. Ismoilov ilk davrada latviyalik Martins Podjusga qarshi kortga chiqdi.
Uch soatu 5 daqiqa davom etgan uchrashuvda Temur raqibini qiyinchilik bilan taslim etdi. Hisob - 5:7, 7:6(15), 6:3. Ikkinchi setning o'zi bir soatdan oshiqroq davom etib, yakunda Ismoilov tay-brekda raqibini mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar