23 okt 11:30
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Estoniyadagi turnirda, uning ilk davradagi raqibi malum
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Temur Ismoilov bugundan asosiy to'r bahslari start oluvchi Estoniyadagi turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Tartu shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil etadi. Ismoilov turnirda beshinchi raqam ostida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra u ilk davrada rossiyalik Vladimir Polyakovga qarshi kortga chiqadi. Ismoilov turnirning juftlik bahslarida ishtirok etmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar