08 may 14:28
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov - Fayziev. “Qarshi CHellenjeri”da o'zbek derbisi bo'lib o'tdi
Qarshi shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan tennischilari ishtirok etishyapti. Ukrainalik Sergey Staxovskiy turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Etiborlisi, hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda Temur Ismoilov va Sanjar Fayziev o'zaro uchrashuvda munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi.
Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda tajribali hisoblangan Fayziev terma jamoadagi do'stini 6:3, 7:6(7:4) hisobida taslim etib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi.
Taqqoslash uchun, Fayziev dunyo reytingida 316, Ismoilov esa 424-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar