19 mar 09:15
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov - Greciyadagi turnir vice-chempioni!
Greciyaning Iraklion shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ushbu musobaqaning juftliklar bahsida tennischimiz Timur Ismoilov ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Rossiyalik Markos Kalovelonis bilan juftlik hosil qilgan terma jamoamiz azosi finalda o'ynadi.
Ismoilov - Kalovelonis juftligi hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik tennischilar - Nikolas Xu va Xanter Kallaxanga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda Ismoilov va uning sherigi 6:4, 1:6, tay-brekda 11:13 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Fikrlar