18 mar 09:35
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Greciyadagi turnirning finalida o'ynaydi
Greciyaning Iraklion shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ushbu musobaqaning juftliklar bahslarida tennischimiz Timur Ismoilov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Rossiyalik Markos Kalovelonis bilan juftlik hosil
qilgan terma jamoamiz azosi yarim final uchrashuvida g'alabaga erishdi. CHexiyalik
Ivo Minar va Robin SHtanek tandemiga qarshi kechgan bahsda Ismoilov - Kalovelonis juftligi
6:7(6), 6:3, tay-brekda 10:6 hisobida zafar quchdi.
Bugun ular bosh mukofot uchun kortga chiqishadi. Finaldagi raqiblar amerikalik tennischilar - Nikolas Xu va Xanter Kallaxan bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar