23 mar 11:10
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Irakliondagi turnirning juftligida chorak finalga chiqdi
Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Temur Ismoilov Greciyaning Iraklion shahri mezbonlik qilayotgan turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Hamyurtimiz 10th Lyttos Beach ITF Pro Circuit turnirining juftligida chorak finalga chiqdi.
Ismoilov rossiyalik Markos Kalovelonis bilan juftlik hosil qilgan. Ular ilk davrada irlandiyalik Peter Botveyl hamda daniyalik Soren Olsen hamkorligini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag'lub etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar