24 mar 18:17
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov juftlik bahslarida ham o'z ishtirokini yakunladi
Greciyadagi "Fyuchers" musobaqasida ishtirok etayotgan tennischimiz Temur Ismoilov bugun juftlik bahsida kortga chiqishi haqida xabar bergandik.
Yakkalikdagi ishtirokini yakunlagan tennischimiz juftlik bahslarida ham mag'lubiyatga uchradi.
Rossiyalik Markos Kalovelonis bilan juftlik hosil qilgan Temur yarim finalga chiqish uchun beloruslik tennischilarga qarshi kortga chiqqandi.
Afsuski, ushbu bahsda ular 2:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar