23 avg 08:30
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Minskda ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyutimiz Temur Ismoilov ham ishtirok etyapti. Afsuski, turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Ismoilov ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Janubiy Afrika Respublikasi tennischisi Damon Guchga qarshi kechgan uchrashuvda Ismoilov kutilmaganda 4:6, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Temur bor etiborini juftliklar musobaqasiga qaratadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar