09 avg 15:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2639_220.jpg)
Ismoilov Minskdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi, Saidalo yutqazdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” turniri davom etmoqda.
Musobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Temur Ismoilov yakkalikdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. U ilk bosqichda turkiyalik Muhammad Xaylazga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 21 daqiqa davom etgan bahsda terma jamoamiz azosi 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan yana bir hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov esa hozirgina turnirning ikkinchi raketkasi rossiyalik Markos Kalovelonisga 59 daqiqa davom etgan bahsdan so'ng 3:6, 1:6 hisobida o'yinni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar