15 avg 15:45
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Minskdagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini qo'lga kiritgan Temur Ismoilov ilk uchrashuvida g'alabaga erishdi. Terma jamoamiz azosi birinchi davrada belaruslik Aleksey Xomichga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Ismoilov raqibini 0:6, 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi. Endi Temur ikkinchi bosqichda yana bir mezbon tennischi Mixail Xalyakka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
UZB
6 6
Mitjana, Leny
FRA 3 4
R32
Match time:
1h 28min