23 avg 14:25
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov reytingda o'zidan 171 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ikkinchi davra uchrashuvlari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida to'rt nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Ulardan birgina Temur Ismoilov ikkinchi davraga chiqqan edi.
Afsuski, Ismoilov ham
o'z yurishini chorak final ostonasida to'xtatdi. Hamyurtimiz reytingda o'zidan 171
pog'ona pastda turgan britaniyalik Jonatan Greyga 2:6, 0:6 hisobida imkoniyatni
boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar