19 dek 16:40
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Tailandda saralashdan chiqqan tennischiga yutqazib qo'ydi
Bugun Tailandning Xuaxin shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Temur Ismoilov ham ishtirok etdi.
Bu yil reytingda yaxshigina ko'tarilishga erishgan terma jamoamiz azosi afsuski, Xuaxin turnirining ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Ismoilov turnirning beshinchi saralangan tennischisi bo'lishiga qaramay, ilk davrada saralashdan asosiy to'rga qo'shilgan koreyalik Ji Mun Liga 2:6, 6:3, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va ishtirokini to'xtatdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar