26 dek 13:25
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov Tailanddagi turnirning ilk davrasidayoq mag'lub bo'ldi
Istedodli tennischimiz Temur Ismoilov Tailandning Xuaxin shahri mezbonlik qilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollari tashkil qiluvchi “Fyuchers” turkumidagi mazkur musobaqada oltinchi raqam ostida harakat qilgandi.
Qura natijasiga ko'ra terma jamoamiz azosi ilk davrada xitoylik Fajing Sunga qarshi kortga chiqdi. Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibiga yutqazib qo'ydi.
Ikki soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda xitoylik tennischi 7:5, 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ismoilov dunyo reytingida 414, uning raqibi esa 618-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar