08 avg 14:01
Yangiliklar

Ismoilov va Saidkarimov Minskda kortga chiqishdi
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning asosiy to'rida Temur Ismoilov, Humoyun Sultonov va Saidalo Saidkarimovning ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Ulardan
ikki nafari birinchi davradayoq o'z ishtiroklarini yakunlashdi. Turnirning
5-raketkasi bo'lgan Ismoilov qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi bahsni yakuniga etkaza
olmadi.
Birinchi setni 1:6 hisobida boy bergan Ismoilov ikkinchi setning ikkinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Saidalo esa turnirning 4-raketkasi Tomas Papikka 2:6, 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, dunyo reytingida 1024-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan, reytingda o'zidan 680 pog'ona yuqorida turgan belaruslik Yaraslav SHilani mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuv ko'targan edi.
Fikrlar