23 mar 16:11
Yangiliklar
Tennis

Ismolovning Greciyadagi bu safargi raqibi ham o'yinni oxirigacha etkaza olmadi
Tennischimiz Temur Ismoilov Greciyada bo'lib o'tayotgan "Fyuchers" turnirida ishtirok etayotgani haqida xabar qilingandi.
Bugun uning raqibi britaniyalik Nil Paufli bo'ldi. Sportchimiz birinchi setni 6:4 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Ikkinchi setda esa vakilimiz 2:0 hisobida oldinda borayotganida, raqib o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi. SHu tariqa, tennischimiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bundan oldingi bosqchida ham Temur Ismoilov britaniyalik boshqa bir tennischiga qarshi kortga chiqqandi. O'shanda Oakli ikkinchi geymdan so'ng o'yinni davom ettira olmagandi.
Temur Ismoilov (O'zbekiston) - Nil Paufli (Britaniya) 6:4, 2:0 (rad.)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar