28 iyu 10:53
Yangiliklar
Tennis
Isner 54 eys evaziga 200 daqiqa davom etgan bahsni o'z foydasiga hal qildi
Londonda "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turniri davom etmoqda.
Birinchi davraning qiziqarli uchrashuvlaridan biri dunyoning 24-raketkasi, amerikalik Jon Isner hamda ATP reytingida 206-pog'onadan joy olgan Enco Koko o'rtasida bo'lib o'tdi.
Uch soatu 19 daqiqa davom etgan murakkab bahsda Isner 6/7(6), 7/6(3), 4/6, 6/3, 7/5 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi davraga yo'l oldi. Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvida Jon Isner 54 ta, Enco Koko esa 13 ta eys zarbasini ijro etgan. Har ikki tennischini 6 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar