24 apr 17:55
Yangiliklar
Futbol

Ispan grandlari "yangi Runi" uchun davogarlik qilmoqda
"Lids"ning 18 yoshli forvardi Jo Jelxardt ispan top-klublari orasida talabga ega bo'lmoqda.
Angliyada "yangi Ueyn Runi" deyilayotgan hujumchining xizmatlariga Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.
Jelxardt asosiy jamoada, ammo hali birorta o'yinda maydonga tushmadi. Transfermarkt o'yinchini 1,3 million evroga baholamoqda.
"Lids" Angliya chempionatida 32 turdan so'ng 46 ochko jamg'ardi va jadvalda 10-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : Don Balon
Fikrlar