04 may 21:30
Yangiliklar
Futbol

Ispaniya Kubogi finali tomoshabinlar bilan o'tishi mumkin
"Atletik" va "Real Sosedad" klublari Ispaniya Kubogi finali tomoshabinlar bilan o'tishi borasida kelishib olishdi.
"Marca" xabariga ko'ra, final o'tadigan kun hali aniq emas. Klublar yaqin vaqtlar ichida Ispaniya Qirolligi futbol federaciyasiga tegishli talablarni jo'natishi kerak.
Agarda final UEFA taqdim qilgan muddatgacha o'tkazilmasa, Evropa ligasiga taqdim qilinadigan yo'llanmaga turnir jadvalidagi o'ringa qarab jamoa ajratiladi.
"Atletik" va "Real Sosedad" finalda o'ynash uchun Evropa ligasi uchun beriladigan potencial yo'llanmadan voz kechishga tayyor turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar