10 dek 08:28
Yangiliklar
Isroil Madrimov Sergey Bogachuk bilan bekor qilingan jangiga ilk bor munosabat bildirdi
CHarm qo'lqop ustamiz o'sha kuni Ar-Riyodda tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida ukrainalik Sergey Bogachuk bilan to'qnash kelishi kerak edi. Ammo jang Madrimovning o'tkir bronxit bilan kasallangani bois bekor qilindi.
Mazkur jang bekor bo'lishidan oldin Isroilning 2025 yil 22 fevral kuni Ar-Riyodda WBC Interim kamari sohibi, amerikalik Verjil Ortis bilan jangi qilishi elon qilingan edi.
29 yoshli Isroil Madrimov Olamsport.com muxbiri Diyorbek Mavlonov bilan suhbatda Sergey Bogachuk bilan jangi bekor qilingani bo'yicha savolga "Ha, hozirda salomatligim yaxshi emas. Jangning bekor qilinishiga bosh sabab ham shu", deya javob qaytardi.
Malumot uchun, 21 dekabr kuni Isroil Madrimovning o'rniga britaniyalik Ismael Devis Sergey Bogachuk bilan to'qnash keladi.
Fikrlar