18 sen 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov Turkiyada bo'lib turibdi
Super yarimo'rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov Turkiyaga etib bordi.
Avvaliga uning murabbiyi aeroportdan surat joyladi va Madrimovning O'zbekistonni tark etganini malum qildi.
Keyinroq Isroilning o'zi Instagram sahifasiga joylagan videosida Turkiyaning Izmir shahrida ekanini bildirgan. Ammo u aynan qay maqsadda Turkiyada bo'lib turgani qorong'u. Balki, Istanbul orqali AQSHga yo'l olar.
Avvalroq, Madrimovning 21 dekabr kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tadigan Usik-Fyuri II kardi doirasida ukrainalik Sergey Bogachuk bilan jang qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar