26 jan 09:38
Yangiliklar
Futbol
"Istiqlol" g'alaba qozondi, Jeparov gol urdi
Eron Pro-ligasida 21-turdan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Tehronning "Istiqlol" klubi o'z uyida "Pars Janubi Jem"ni qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchdi. Bahsdagi ilk gol o'zbekistonlik Server Jeparov tomonidan penaltidan urildi. "Istiqlol" 21ta o'yindan so'ng 32 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.
"Istiqlol" - "Pars Janubi Jem" 4:0
Gollar: Server Jeparov 6 pen, Behnam Barzay 31, Ali Gorbani 48, 65
Havola :
Fikrlar