25 iyu 16:49
Yangiliklar

Istomin 100 ming dollarlik Astana turnirida qatnashadi
Sovrin jamg'armasi 100 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu “CHellenjer” turnirida hamyurtimiz ikkinchi raqam ostida tasniflangan. Qura natijasiga ko'ra Denis ilk davra uchrashuvini Xitoy Taypeyi vakili Ti CHenga qarshi o'tkazadi.
Bu uchrashuv ertaga o'tkazilishi rejalashtirilgan. Rossiyalik Evgeniy Donskoy Astana “CHellenjeri”da birinchi raqam ostida harakat qiladi. Ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Sanjar ilk bosqichda xitoylik Je Liga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, musobaqa g'olibi 14,400 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi esa 8,480 dollar hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Fikrlar