25 iyu 14:27
Yangiliklar

Istomin 11 pog'onaga pastlab, TOP-100dan chiqib ketdi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 11 pog'onaga pastlab, TOP-100dan chiqib ketdi. Denis bu hafta reytingida 571 ochko bilan 108-o'rinda bo'ladi.
Ikkinchi raketkamiz Farrux Do'stov esa aksincha 6 pog'onaga yuqorilab, 219-o'ringa ko'tarilib oldi. Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Kuchli o'ntalikda hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'z o'rinlarini saqlab qolishdi.
ATR REYTINGI. 25 iyul kungi holat
1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 15040 ochko
2 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 10065
3 (3) Rojer Federer (SHveycariya) 5945
4 (4) Rafael Nadal (Ispaniya) 5290
5 (5) Sten Vavrinka (SHveycariya) 4720
6 (6) Kei Nisikori (Yaponiya) 4290
7 (7) Milosh Raonich (Kanada) 4285
8 (8) Tomash Berdix (CHexiya) 3490
9 (9) Dominik Tim (Avstriya) 3105
10 (10) Jo-Vilfred Tsonga (Franciya) 2995
108 (97) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 571...
219 (225) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 248
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar