11 iyu 17:11
Yangiliklar

Istomin 19 pog'onaga ko'tarilib, TOP-100ga qaytdi
Mamlakatimizning
birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 19
pog'ona yuqorilab, 97-o'ringa ko'tarilib oldi. Istomin ikki hafta avval 65-pog'onadan
116-o'ringa tushib ketgandi. Hamyurtimiz Uimbldon turnirining uchinchi davrasigacha etib
borgani bois, reytingda o'sishga erishgan.
Ikkinchi raqamli tennischimiz Farrux Do'stov esa aksincha, o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 3 pog'onaga pastlab, 225-o'ringa tushib qoldi. Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Uimbldon turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgan britaniyalik Endi Marrey Novak bilan o'rtadagi ochkolar tafovutini birmuncha kamaytirishga muvaffaq bo'ldi.
ATR REYTINGI. 11 iyul kungi holat
1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 15040 ochko
2 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 10195
3 (3) Rojer Federer (SHveycariya) 5945
4 (4) Rafael Nadal (Ispaniya) 5290
5 (5) Sten Vavrinka (SHveycariya) 4720
6 (6) Kei Nisikori (Yaponiya) 4290
7 (7) Milosh Raonich (Kanada) 4285
8 (9) Tomash Berdix (CHexiya) 3490
9 (8) Dominik Tim (Avstriya) 3175
10 (12) Jo-Vilfred Tsonga (Franciya) 2905
97 (116) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 611...
225 (222) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 240
Izoh:
Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar