08 avg 15:27
Yangiliklar

Istomin 3 pog'onaga ko'tarildi, Do'stov 4 pog'onaga pastladi
Unga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 3 pog'onaga ko'tarilib, ayni paytda 103-o'rinni egallab turibdi. Kuni kecha Istomin Olimpiadaning ilk bosqichida ispaniyalik David Ferrerga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Ikkinchi raketkamiz Farrux Do'stov esa aksincha 4 pog'onaga pastlab, 224-o'ringa tushib ketdi. Dunyo tennischilari reytingini esa hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Jokovich ham Istomin kabi Olimpiadaning birinchi davrasida mag'lubiyatga uchradi.
ATR REYTINGI. 8 avgust kungi holat
1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) 16040 ochko
2 (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 10065
3 (3) Rojer Federer (SHveycariya) 5945
4 (4) Sten Vavrinka (SHveycariya) 5035
5 (5) Rafael Nadal (Ispaniya) 4940
6 (7) Milosh Raonich (Kanada) 4465
7 (6) Kei Nisikori (Yaponiya) 4390
8 (8) Tomash Berdix (CHexiya) 3660
9 (9) Jo-Vilfred Tsonga (Franciya) 2995
10 (10) Dominik Tim (Avstriya) 2865
103 (106) DENIS ISTOMIN (O'ZBEKISTON) 586...
224 (220) FARRUX DO'STOV (O'ZBEKISTON) 248
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o'tgan haftadagi o'rni berilgan
Fikrlar