29 iyu 14:29
Yangiliklar
Tennis

Istomin Astana turnirida yarim finalga chiqdi
Astanada sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turniri o'zining muhim pallasiga kirdi.
Turnirda ikkinchi raqam sifatida tasniflangan hamyurtimiz Denis Istomin rossiyalik Daniil Medvedevni 7:6, 7:6 hisoblarida mag'lub etdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endilikda u finalga chiqish uchun Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa g'olibi 14,400 dollar mukofot puli hamda roppa-rosa 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi esa 8,480 dollar hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar